Zamonaviy inson ularsiz yashay olishini tasavvur ham qila olmaydigan XX asrning asosiy ixtirolari
XX asr insoniyatga dekolonizatsiya (mustaqillik va to‘liq suverenitet berish jarayoni), samolyot va avtomobil ishlab chiqarish, odamning kosmosga, keyin esa Oyga birinchi parvozi, tibbiyotning rivojlanishi kabi ko‘plab foydali ixtirolarni olib keldi. Buyuk aqllar hatto og‘ir yillarda ham ishlashda to‘xtamadi. Xo‘sh, XX asrning qaysi ixtirolari dunyoni o‘zgartirib yuborgan ekan? Bugun bu haqda qisqacha to‘xtalamiz.
Samolyot
Bugun odamlar hayotini samolyotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi: hatto bir mamlakat shaharlari orasida harakatlansa ham, odamlar eng tez va xavfsiz transport turi sifatida samolyotlarni afzal ko‘rishadi. 1903 yilda amerikalik aka-uka Uilber va Orvil Rayt samolyotda boshqariladigan birinchi parvozni amalga oshirib, dunyo aviatsiyasining rivojlanishiga turtki berdi va o‘z nomlarini tarixda qoldirdi.
Tank
Tank bu - urushni o‘zgartirgan mashina. “Tank” so‘zining ixtirochisi va muallifi britaniyalik Ernest Suinton zirhli jangovar mashina yaratish uchun traktorning gusenitsali lentasidan foydalanish g‘oyasini ilgari surgan. Ikki yillik ishi natijasida 1918 yilga kelib birinchi 2100 ta tank konveyerdan chiqqan.
Insulin
Kanadalik shifokor Frederik Branting 1922 yildan beri diabetga chalinganlarning hayotini saqlab kelayotgan insulin gormoni kashfiyotchilaridan biridir. Hozirgacha dunyoda bu dorining o‘rnini bosuvchi yoki to‘liq huquqli analogi yo‘q.
Televideniye
Shotlandiyalik muhandis Jon Logi Berd 1925 yilda televideniyeni ixtiro qildi. O‘shanda odamlar yangiliklarni faqat gazetalardan bilib olish mumkinligi va kino tomosha qilish uchun kinoteatrga borish shart emasligini bilib oldi va televizor hayotning ajralmas bir qismiga aylanib qoldi.
Antibiotiklar
Dunyodagi birinchi antibiotik penitsillin ixtirochisi britaniyalik biolog Aleksandr Fleming o‘z kashfiyoti uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Antibiotiklar tufayli shifokorlar gangrena, sil va sifilis kabi xavfli kasalliklarini yengishni o‘rgandilar.
Yadroviy qurol
Amerikalik fizik Robert Oppengeymer yadro qurolini yaratish bo‘yicha Manxetten loyihasini boshqargan. Bu “xizmatlari” uchun u “atom bombasining otasi” laqabini oldi.
Olimning o‘zi Nyu-Mexikoda halokatli qurolning birinchi sinovidan so‘ng shunday degan edi: “Men olamlar vayronkori – ajalman”.
Kosmos tadqiqi
Yuriy Gagarin 1961 yilda insoniyatga koinot dunyosini ochdi. Mashhur “Ketdik!” (“Poyexali!”) so‘zi butun dunyoga tarqalib, Gagarinni qahramonga aylantirdi. Shundan so‘ng SSSRning barcha bolalari bu jasoratni takrorlashni va kosmonavt bo‘lishni orzu qila boshladi.
Kompyuter sichqonchasi
Ixtirochi Duglas Engelbart 1968 yilning dekabr oyida Kaliforniyadagi ko‘rgazmada yordamida kursorni boshqarish va mashinaga buyruq berish oson bo‘lgan kompyuter sichqonchasini namoyish etdi. Keyinchalik u modernizatsiya qilindi va zamonaviy ko‘rinish hamda funksionallik darajasiga keltirildi.
XX asrning oxiri, ya’ni 1998 yilda Larri Peyj va Sergey Brin Google qidiruv tizimini ixtiro qildi. Ushbu qidiruv va uning xizmatlarisiz zamonaviy insonning hayotini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.