Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Alla" qisqa metrajli filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Yosh kinorejissyor Fotih Nasimovning "Alla" qisqa metrajli filmi Minskda o‘tkazilgan "Ladoshka" xalqaro festivalida g‘olib bo‘ldi.

"Alla" filmi festivalning "Eng yaxshi qisqa metrajli film" nominatsiyasida sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bundan avval "Alla" qisqa metrajli filmi Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan "Bastau" xalqaro kinofestivalida qatnashgan edi.

"Alla" qisqa metrajli filmini Fotih Nasimov diplom ishi sifatida, davlat granti asosida suratga olgan.

Fotih Nasimov ayni paytda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistrantidir.