Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Braziliyada bir kecha-kunduzda COVID-19 tufayli 1179 nafar o‘lim holati qayd etildi

Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Mamlakatda so‘nggi eng yuqori o‘lim holati ko‘rsatkichi 12 may kuni qayd etilgan edi. O‘shanda bir kecha-kunduzda 881 nafar bemor vafot etgan. Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi umumiy hisobda 17,9 ming fuqaroning hayotiga zomin bo‘lgan.

Bugungi kunga kelib, Braziliya kasallik qayd etilishi holati bo‘yicha AQSh va Rossiyadan keyingi uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Lotin Amerikasining ushbu mamlakatida jami 271 885 nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etilgan.