Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onga Turkiyadan zamonaviy chigit ekish seyalkalari keltirildi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Omontosh ota” fermer xo‘jaligidagi chigit  ekilishi rejalashtirilgan dala maydonida “Kattaqo‘rg‘on klaster” va “Amina gold” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan Turkiyadan olib kelingan, qishloq xo‘jaligida yangi turdagi chigit ekish seyalkalaridan amaliyotda foydalanish bo‘yicha dala amaliyoti seminari bo‘lib o‘tdi.

Viloyat prokuroraturasi bo‘lim boshlig‘i, Jomboy, Payariq tumani sektor rahbarlari hamda tumandagi qishloq xo‘jalik tashkilotlari rahbarlari, fermerlar, mexanizatorlar ishtirok etgan seminarda tuman hokimi A.Bahromov ushbu chigit ekish seyalkalarining imkoniyatlari va  afzalliklariga to‘xtaldi.

Yangi turdagi chigit ekish seyalkalari odatiylaridan bir necha barobar samarali va chigitni bexato ekishi bilan ahamiyatli.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati.