Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobod shaharchasida xodimlarga qancha miqdorda koeffitsiyent to‘lanadi?

Xodimlar mehnatiga haq to‘lashda tabiiy-iqlim sharoiti ham hisobga olinadi. Masalan, iqlim sharoiti og‘ir joyda xizmat qiluvchi xodimlarga qo‘shimcha ustama puli to‘lanadi. Viloyatimizda Nurobod tumani tabiiy-iqlim va maishiy sharoiti og‘ir hududga kiradi. Sababi, tumanda uran qazib olinadi. Uran Nurobod shaharchasiga yaqin joyda qazib olingani bois, ushbu hududda mehnat qiluvchi davlat tashkilotida ishlovchi xodimlarga qo‘shimcha koeffitsiyentlar to‘lanadi.

Nurobod shaharchasida 28 ta davlat tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularning 6 tasi xalq ta’limi, 4 tasi maktabgacha ta’lim, 5 tasi sog‘liqni saqlash sohasidagi tashkilotlar, shuningdek, 13 tasi turli sohaga oid tashkilotlardir. Ushbu tashkilotlarda mehnat qiluvchi xodimlarga 25, 50, 75 foiz koeffitsiyent to‘lanadi. 25 foiz koeffitsiyent 3 yilgacha ishlagan xodimlarga, 50 foiz koeffitsiyent 3 yildan 5 yilgacha ishlagan xodimlarga, 75 foiz koeffitsiyent esa 5 yildan ortiq mehnat qilgan xodimlarga to‘lanadi.

Umumiy qilib hisoblaganda jami 1492 nafar xodimga ustama pullari beriladi. Masalan, sog‘liqni saqlash tashkilotlariga yil davomida 4600380,0 so‘m miqdorda koeffitsiyent to‘lansa, tuman xalq ta’limi sohasiga 3336625,0 so‘m, maktabgacha ta’lim sohasiga 426209,2 so‘m miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi. Tumandagi boshqa soha xodimlariga esa yil davomida 1290120,9 so‘m miqdorida koeffitsiyent to‘lanadi, ya’ni hammasi bo‘lib Nurobod tumani 9653335,2 so‘m miqdorida yillik koeffitsiyent to‘laydi.

Xurshida ERNAZAROVA.