Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Zarnews.uz da ilk bor: “Gapiradigan” surat, video, matn, havola – barchasi bittada

Interfaol foto sirasiga kiruvchi ushbu surat Samarqand viloyati Matbuot uyida joylashgan “Matbuot tarixi muzeyi”dan olingan. “Zarafshon” tahririyati tashabbusi bilan tashkil etilgan muzeydan tushirilgan ushbu suratdagi belgilarga kursorni olib borsangiz, muzey haqida to‘liq ma’lumot va videolavha bilan tanishishingiz mumkin.

P/S. Ushbu material Internews ko‘magida, rossiyalik mashhur trener Yuriy Zvyaginsev ishtirokida o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun o‘tkazilayotgan vebinar natijasi o‘laroq yuzaga keldi. Vebinarda jurnalistlar «Auditoriya e’tiborini qaratish va uni ushlab turishda multimedia formatlarining samarasi» mavzusida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda axborot saytlarining o‘qimishliligini oshirish, o‘quvchiga yangi multimedia vositalari orqali axborot yetkazish usullari o‘rgatilmoqda.