Turkiyadagi konteyner porti ikki kundan buyon alanga ichida
- 07.02.2023 17:29
- 139
- Xorij
Mahalliy OAVlarga ko‘ra, Turkiyadagi Iskenderun shahridagi portda yong‘in tun bo‘yi davom etgan, ayni paytda yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilmoqda. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.
Yong‘inni o‘chirishning iloji bo‘lmayotgani va u kengayib borayotganini Iskenderun portida xizmat ko‘rsatuvchi va uning hududida joylashgan logistika kompaniyasi tasdiqlagan.
"Yong‘in davom etmoqda. U juda katta. Konteynerlar yonmoqda. Qancha yongani va keyin nima bo‘lishini bilmayman. Lekin zarar juda katta deb ayta olaman", - degan kompaniya xodimi agentlikka.
Teglar:
Turkiya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Men qoziman, vazir emas"
- Kecha, 17:58
- Mutolaa
Samarqandda buyuk allomalar merosi tiklanmoqda
- Kecha, 17:17
- Jamiyat