2 gektar yer uchun 16 ming dollardan ko‘proq pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limining ma’lum qilishicha, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro M.A. fuqaro N.S.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hududidan mebel ishlab chiqarish va issiqxona qurish uchun 2 gektar yer berishga ko‘maklashish evaziga 16 500 AQSh dollari talab qilib, shundan 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.