2079 nafar shaxsning buzilgan huquqi tiklandi

Xalq deputatlari viloyat kengashining oltmish birinchi sessiyasiga viloyat prokurori F.Zufarov taqdim etgan axborotda keltirilishicha, o‘tgan yilda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlash maqsadida 7660 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan. Prokurorlarning qarori va taqdimnomasi asosida 6390 nafar shaxslar intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan.

Jiddiy qonun buzilishlar yuzasidan 111 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 2079 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi, 1,3 milliard so‘mlik zarar ixtiyoriy to‘lanishi ta’minlandi.