AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori TikTokni AQSh milliy xavfsizligiga tahdid deb atadi
Xitoyning TikTok ilovasining ommabopligi Vashingtonda xavotir uyg‘otmoqda, chunki ijtimoiy tarmoq AQSh milliy xavfsizligiga haqiqiy tahdid solishi mumkin, dedi Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns.
“Menimcha, bu ilova hukumat uchun haqiqiy tashvish”, — dedi Berns CBS telekanaliga bergan intervyusida.
U ilovani milliy xavfsizlikka tahdid deb ataydigan amaldorlarning havotiriga qo‘shiladi. Bernsning so‘zlariga ko‘ra, TikTok Xitoy kompaniyasi bo‘lib, Xitoy hukumati AQSh foydalanuvchilarining ma’lumotlariga kirishni talab qilishi va ushbu ruxsatga ega bo‘lishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqdagi kontentni nazorat qilishi mumkin.
Avvalroq AQSh Senati TikTokni federal hukumat elektron qurilmalariga o‘rnatishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qullagan edi. Qisqa videolarni yaratish va ko‘rish uchun mashhur ilovadan foydalanish Jorjiya, Texas, Alabama, Shimoliy va Janubiy Dakota shtatlarida davlat xizmatchilari tomonidan taqiqlangan.