Bayram kunlari Camarqandga 23 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyurdi

Turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari tomonidan Samarqandda sayyohlar oqimi o‘rganilganda bu yerda to‘rt kunlik dam olish kunlarida mehmonlar soni sezilarli darajada oshib, 23 mingdan ortiq kishini tashkil etgani kuzatildi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, sayyohlarning asosiy qismini Samarqand viloyatining qo‘shni tumanlari aholisi, shuningdek, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan mehmonlar tashkil etdi.

Xorijiy davlatlar orasida ham sayyohlar soni ortib bormoqda. May oyining boshidan boshlab "e-mehmon" tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyalik sayyohlar 630 kishi, Qozog‘iston 510 kishi, Afg‘oniston 360 kishini tashkil etib, bir oy ichida Samarqand viloyati mehmonxonalarida 2700 dan ortiq xorijlik mehmonlar joylashtirildi.