Beshta muhim tashabbus Paxtachidan boshlandi
- 13.04.2019 12:57
- 555
- Samarqand
Beshta muhim tashabbus Paxtachidan boshlandi
Bugun Paxtachi tumanidagi Qarnab mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir doirasida taniqli yozuvchi, shoirlar, san’atkorlarning yoshlar bilan uchrashuvi, kitob yarmarkasi, sportning voleybol, futbol, kurash, stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar, bepul tibbiy ko‘rik hamda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Jumladan, Qarnab mahalla fuqarolar yig‘inida SamDU psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Abira Bahromova yuqori sinf o‘quvchi-qizlar muammolarini, qiziqtirgan savollarini tinglab, kerakli psixologik maslahatlarini berdi.

Shuningdek, mahalla hunarmandlari, maktab o‘quvchilari, Samarqand shahridagi harbiy qism tomonidan ko‘rgazmalar namoyish etildi.

O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qish, avtobus va insof
- 11 daqiqa avval
- Mutolaa
Ilmiy jihatdan imkonsiz, lekin haqiqatda mavjud joylar
- 20 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Iqlim o‘zgarishlari va uning yechimi yoshlar nigohida
- 37 daqiqa avval
- Samarqand
Samarqand shahrida «Yunesko bog‘i» tashkil etiladi
- 43 daqiqa avval
- Samarqand