Davlat xizmatlari agentligi eslatmoqda: Kunu-tun, istalgan payt OTMga hujjat topshiring

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalarida joylashgan qabul komissiyalarda uzundan-uzun navbatlar va tartibsizlik yuzaga chiqayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi eslatmoqda:

1.Toshkent davlat yuridik universiteti;

2.Qoraqalpoq davlat universiteti;

3.Guliston davlat universiteti;

4.Farg‘ona davlat universiteti;

5.Samarqand davlat universitetiga hujjatlarni

Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish mumkin!

Bundan tashqari, yana bir ajoyib yangilik!

Endilikda, yuqorida aytib o‘tilgan OTMlarga hujjatlarni kunning 24 soati davomida, o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda topshirish imkoniga egasiz! Vaqtni besamar sarflamang!

Davlat xizmatlari agentligi qulayliklar yaratishda davom etmoqda.