Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilar uchun tanlov e’lon qildi
Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktab o‘qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tanlov e’lon qildi.
Unga ko‘ra, har bir maktab o‘qituvchisida tanlovda ishtirok etib belgilangan asarni tarjima qilishi va noutbuk yutib olishi mumkin.
Tanlov shartlari quyidagicha:
✅ Ingliz yozuvchisi Jozef Redyard Kiplingning “«If/Yesli» (Zapoved)” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilish;
✅ Asarni tarjima qilishda har bir g‘oya va fikrni to‘g‘ri talqin qilgan holda yetkazish;
✅ Asar bo‘yicha tarjimalarni @Mening_ijodim2022 sahifasiga quyida ko‘rsatilgan muddatlarda yuborish lozim.
Tanlov joriy yilning 26 yanvaridan – 5 fevraliga qadar davom etadi.
Tanlovda eng yaxshi deb topilgan ijodiy ish 2022 yilning 10 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchiga Xalq ta’limi vazirligi tomonidan noutbuk va diplom topshiriladi.