Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Eron resurslari uchta atom bombasini yaratishga yetishi ma’lum qilindi
🔻 Isroil Al-Shifa kasalxonasini qo‘lga kiritib, to‘liq nazoratga olganidan so‘ng G‘azodagi operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatishni ko‘rib chiqmoqda. Agar shunday pauza holatida HAMAS faollashsa, Isroil tomoni zudlik bilan harbiy harakatlarni davom ettiradi. Isroil 15 noyabrga o‘tar kechasi “nuqtali operatsiya” o‘tkazish uchun Al-Shifa kasalxonasiga kirgan.
🔻 So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS harakati mintaqada o‘t ochishni to‘xtatish evaziga 50 nafar garovga olinganlarni ozod qilishga rozi bo‘lgan.
🔻 Eron oliy rahbari Sayid Ali Humayniy HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyani ogohlantirdi. Noyabr oyi boshida Tehronda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Humayniy HAMAS yetakchisiga ochiqcha: “Siz bizni 7 oktyabr kuni Isroilga hujumingiz haqida ogohlantirmadingiz va biz o‘rningizga urushga bormaymiz” degan. Shuningdek, Humayniy Eron HAMASga siyosiy va ma’naviy yordam berishda davom etishini ta’kidlagan.
🔻 AQSh Senati 14 noyabr kuni Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan Isroil va Ukrainaga yordam bermasdan mamlakat federal hukumatini moliyalashtirishni davom ettirish rejasini qabul qildi. Keyin qonun loyihasi imzo uchun AQSh prezidenti Jo Baydenning stoliga yo‘l olgan.
🔻 Eron yetarli 60 foizgacha boyitilgan uranga ega bo‘lib, uchta atom bombasini yaratishi mumkin. Aytilishicha, Eronning boyitilgan uran zaxirasi shu yil sentyabridan buyon 6,7 kilogrammga oshib, 128,3 kilogrammga yetgan. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy mamlakat uranni 60 foizgacha boyitayotganini, biroq bu harakatlar yadroviy qurol yaratishga qaratilgani yo‘qligini ta’kidlagan.
🔻 Sankt-Peterburgda LDPRning marhum yetakchisi Vladimir Jirinovskiyning kurtkasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Auksion uyiga ko‘ra, boshlang‘ich narxi 200 ming rublni tashkil etgan.
🔻 Oq uy: AQShning Ukrainaga berayotgan yordam paketlari Kongress tomonidan kelishilgan mablag‘lar tugashi tufayli qisqarmoqda
🔻 AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga AQSh nuqtai nazaridan G‘azo sektorining Isroil tomonidan bosib olinishi xato bo‘lishini va mustahkam tinchlikka erishishning yagona yo‘li "ikki davlat" formulasi bo‘lib qolishini tushuntirdi.
🔻 Chexiya Bosh vazirining ta’kidlashicha, Rossiya mamlakatdagi o‘ziga tegishli ko‘chmas mulkka egalik qila olmaydi, shuningdek mamlakatning hisob qaydnomalaridan foydalanishi taqiqlanadi.