Elektr energiyasi uchun to‘lovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshirish mumkin
- 14.05.2020 17:16
- 510
- Samarqand
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
Karantin davrida xalqimizga qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida elektr energiyasidan qarzdor (jismoniy) shaxslar tarmoqdan vaqtincha ajratilmasligi belgilangan.
Ushbu davrda imkon qadar foydalanilgan elektr energiyasidan vujudga kelgan qarzdorliklar ortishiga yo‘l qo‘ymang!
“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ karantin davrida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari (U-Pay, Click, Payme, Paymo, Paynet) orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishingizni tavsiya etadi va karantin davri tugaganda qarzdorlik ko‘payib ketishining oldini olish uchun to‘lovlarni imkon qadar vaqtida amalga oshirishlaringizni so‘raymiz.
O‘zingiz va oila a’zolaringiz salomatligiga e’tiborsiz bo‘lmang!
“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa