“Elektroset” qachon o‘zbek tilida ish yuritishga o‘tadi?
- 07.01.2020 13:48
- 294
- Jamiyat
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomiga berilganiga o‘ttiz yildan oshdi.
Qonun bilan hali ittifoq tarkibida bo‘lgan mamlakatimizda o‘zbek tili butun O‘zbekiston bo‘yicha Davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari belgilanib, ish yuritishda, davlat organlariga murojaat qilishda o‘zbek tilining mavqei birinchi o‘ringa chiqarilgan.
Ammo afsuski, ish yuritishda ayrim idoralarda bu masala mana 30 yildirki, oqsamoqda.
Siz ko‘rib turgan surat elektr tarmoqlarining hududiy bo‘limlaridan olingan. Qaysiki, rus millatiga mansub aholi deyarli uchramaydigan tumandan.
Shahar hududlarida bo‘lsa mayli, tushunish mumkindir. Ammo 99 foizdan ko‘p o‘zbek tilli xalq yashaydigan hududda elektr tarmoqlari korxonasi rus tilida ish yuritishi qaysi mantiqqa to‘g‘ri keladi?
Ajablanarlisi, rus tilini bilmaydigan odam bu tashkilotga tarjimon bilan borishi kerakmi?
“Elektroset”dagilarga o‘zbek tilini kim o‘rgatadi? “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunnichi?
Yo.GADOYeV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa