Eri tomonidan kamsitib kelingan 18 yoshli kelinchak o‘z joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Koson tumanida 18 yoshli M.Jo‘rayeva o‘z joniga qasd qilganligi haqidagi xabarlar tarqalganligi yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati bayonot berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 9 may kuni Koson tumani, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelgan M.Jo‘rayeva (2002 yilda tug‘ilgan) o‘zini osib, vafot etgan.

Tekshirish davomida, marhuma M.Jo‘rayevaning turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida doimiy ravishda urish-janjal bo‘lib kelganligi, turmush o‘rtog‘i uni haqorat qilib urib, tan jarohati yetkazib, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 8 iyunda  Koson tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.