Fransuz rasmiylari eski kiyim va poyabzallar ta’mirini qisman qoplashga qaror qilishdi
Fransiya hukumati oktyabr oyidan chegirmalar tizimini joriy qilib, odamlarni yangisini sotib olish o‘rniga, eski poyabzal va kiyimlarni ta’mirlashga undamoqda. Ammo bu tashabbus hashamatli brendlarga qanday ta’sir qiladi?
Fransiya Ekologiya va barqaror rivojlanish vazirligi vakili Berenjer Kuilyarning so‘zlariga ko‘ra, har yili mamlakat svalkalariga 700 ming tonna kiyim-kechak va poyabzal tushadi.
Ushbu isrofgarchilik va atrof-muhitga zarar yetkazishga barham berish, shuningdek, poyabzal va kiyim-kechaklarni ta’mirlash sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun hukumat 154 million yevrolik maxsus rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqqan. Dasturga qo‘shilgan ta’mirlash ustaxonalari mijozlarga chegirmalarni taklif qilishadi.
Ushbu orqali hukumat “kamtarona moda” tarafdorlarini rag‘batlantirish niyatida.
Ammo mamlakatda yangi tashabbusni hamma ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Ko‘pchilik mamlakatda muhim bo‘lgan yengil sanoat tarmog‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan havotirda. Bunda hukumatning 3 trillion yevrolik qarzini eslash, shusiz ham uncha katta bo‘lmagan davlat mablag‘larini shamolga sovurmaslik aytilmoqda.
Ko‘p minglab ish o‘rni ta’minlovchisi Fransiyaning moda sanoati iqtisodiyotning eng yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, aylanish o‘tgan yili qariyb 66 milliard yevroni tashkil etgan. Mamlakat Yevropaning to‘rtinchi yirik moda eksportchisi, ammo fransuzlar kiyim-kechak uchun yiliga o‘rtacha 430 yevro, Yevropadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham kamroq sarflashadi.