Ijodiy imtihonlar internet tarmoqlarida jonli tarzda uzatiladi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nazorat qiladi
- 31.07.2022 14:20
- 65
- Ta’lim
1-10 avgust kunlari mamlakatimizdagi 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tadi.
2021/2022-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, ilk bor imtihon bo‘ladigan bino va maydonlarda o‘rganishlar olib borish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi.
Unga ko‘ra, vazirlik va agentlik mas’ul xodimlari tomonidan jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi, jonli efirga uzatilishi to‘liq nazorat qilinadi.
Teglar:
ijodiy imtihonlar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa