Ilmga tayanish — tomorqadan daromad olish imkoniyatini ham oshiradi
Har qanday ekin turini sinovdan o‘tkazarkanmiz, ilmga, soha yutuqlariga asoslangan holda mahsulot yetishtirishning samarasi yaqqol ko‘ringaniga guvoh bo‘lamiz. Chunki dehqonchilik ham shunchaki jismoniy mehnat emas, ilmga tayanadi. Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy–tadqiqot institutining Samarqand ilmiy–tajriba stansiyasi tomonidan ham ana shu asosda aholi tomorgalarida sabzavot ekinlari va kartoshka yetishtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Jumladan, Toyloq tumani Yangi Hayot mahallasining Yangi Ravot qishlogida istiqomat qiluvchi Xurshid Omonov xonadonida 12 sotix maydonga isitilmaydigon issiqxonada ertagi muddatlarda ichki bozorlarga chiqarish maqsadida sabzi yetishtirilmoqda.
Xonadon sohibiga Samarqand ilmiy–tajriba stansiyasi ilmiy hodimlari tomonidan sabzi yetishtirishdagi agrotexnik tadbirlar, shu jumladan o‘g‘itlash, sug‘orish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash hamda mikro va makro o‘g‘itlarni qo‘llashning samaradorligi to‘g‘risida tavsiyalar berib borilmoqda. Hozirgi kunda Xurshidjon birinchi ekinni yig‘ishtirib olish arafasida.
Har sotix maydondan 400 kg. hosil chiqsa 12 sotix maydonniki 4800 kg. olinadi. Yangi sabzining bozorda bugungi kundagi o‘rtacha narxi 8000 so‘mni tashkil qiladi.
Tomorqachi esa mahsulotni kilosini 6000 so‘mdan sotganda ham 28,8 mln. so‘m daromad olishni mo‘ljallamoqda. Xuddi shu kabi ikkinchi va uchinchi ekinlarni yetishtirishni ham ilmiy asosda tashkil etilib, har bir ekindan o‘rtacha 20 mln. so‘mdan daromad olinsa 12-sotix tomorqadan yiliga 60 mln. so‘m atrofida daromad olishga erishiladi.