Jo Baydenning 100 kuni

100 kun - bu har qanday mamlakat rahbari uchun ramziy raqam, bugungi kunda bu siyosiy leksikada ishlarning boshlanish davri sifatida tushuniladi va shu sababli hukumat boshida bo‘lgan davrida davlat rivojlanishining uzoq va o‘rta muddatli istiqbollarini belgilashi mumkin.

Jo Bayden AQSh Kongressining ikkala palatasi oldida nutq so‘zladi, atigi ikki yuz nafar qonunchilar shaxsan ishtirok etdi, qolganlari prezidentning nutqini videoaloqa orqali kuzatib bordi. Va mamlakat tarixida birinchi marta vitse-prezident o‘rnini ayol Kamala Xarris egalladi.

"Biz qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz va fuqarolarimiz 1400 dollarga chek olishadi, bu amerikaliklarning 85 foiziga taalluqli. Ushbu cheklarning 160 milliondan ortig‘i allaqachon amerikalik oilalarga yo‘l olgan. Bu ularni qo‘llab-quvvatlaydi, ularning hayotini yengillashtiradi", dedi Jo Bayden o‘z nutqida.

Umuman olganda, Kapitoliy tepaligida tasdiqlangan iqtisodiy tadbirlar paketi taxminan 2 trillion dollarni tashkil etadi. Unda oilani qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘zda tutilgan.

"Fuqarolarimiz endi o‘z sog‘lig‘i, yaqinlariga yoki bolaga g‘amxo‘rlik qilish bilan ish orasida tanlashga majbur bo‘lmaydi, ular 12 haftagacha to‘lanadigan byulleten olish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, dedi Jo Bayden.

Amerika rahbarining ta’kidlashicha, ushbu ulkan rejalardan tashqari, uning ma’muriyati yangi ish o‘rinlarini yaratish loyihasini taqdim etmoqchi. Bunda iqtisodiy sohalarni rivojlantirish zarurati atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun 2 trillion dollardan ko‘proq mablag‘ sarflanishi kutilmoqda, pul xazinaga tushadi, chunki soliq qonunchiligi o‘zgaradi.

"Bu energiya ishlab chiqarish va iste’mol qilish bilan bog‘liq zamonaviy infratuzilma va ushbu vazifani minglab ish o‘rinlari yaratmasdan hal qilib bo‘lmaydi. Iqtisodiyotni ekologik tizimga o‘tkazish va ekologik toza texnologiya har doim yangi ishchilarga ehtiyoj sezadigan yangi ishlab chiqarishni yaratishni anglatishini tushunish kerak”, dedi Jo Bayden.

Nutqda, shuningdek, Amerika prezidenti mamlakat xavfsizligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlardan biri deb hisoblagan ekstremizmga, asosan ichki ekstremizmga, zikr etilgan irqchilikka qarshi kurashni kuchaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi va AQSh tashqi siyosatining konturlarini bayon qildi.