JSST koronavirusning yangi to‘lqini boshlanishidan xavotirda
- 05.01.2023 12:11
- 13
- COVID-19
JSST ma’lum qilishicha, “omikron” shtammining yangi XBB.1.5 subvarianti 29 mamlakatda ro‘yxatga olindi. Qolaversa, u bir necha hafta ichida AQShda dominant versiyaga aylandi. Hozir yangi mutatsiya Yevropa mamlakatlarida ham keng tarqalmoqda.
“Biz o‘sish sur’atlaridan tashvishdamiz. Chunki hozirgacha ma’lum variantlar orasida XBB.1.5 ning yuquvchanligi yuqori. Xavotirli jihati, u dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin", deydi JSST eksperti Mariya Van Kerxove.
Tashkilot rahbari T.Gebreyesus ta’kidlashicha, "dunyo bo‘ylab kasallanishning yangi to‘lqini kutilmoqda. Ammo bu o‘lim ko‘rsatkichlari oshishiga olib kelmasligiga ishonamiz. Chunki biz o‘tgan davrda mazkur virusga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba to‘pladik".
Shundan kelib chiqib, mutaxassislar SOVID-19ga qarshi buster dozada emlanish eng to‘g‘ri chora ekanligini ta’kidlamoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda endi piyodalar ko‘payadimi?
- Kecha, 21:05
- Jamiyat
Viloyat raqobat boshqarmasiga rahbar tayinlandi
- Kecha, 16:33
- Samarqand