Ko‘krak nishonini olib berish va fuqaroni o‘qishga kiritish evaziga 3 400 AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi
Samarqandda yana bir mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga tushdi.
Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1994 yilda tug‘ilgan viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi milliy va noolimpiya sport turlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi K.Sh. mahalliy fuqarolardan biriga “Yaxshi xizmatlari uchun fidoyi inson” ko‘krak nishonini olib berish uchun 1 000 AQSh dollari, boshqa bir fuqaroni esa mansabdor tanishlari orqali Qarshi xalqaro universitetining 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 2 400 AQSh dollari talab qilib qilgani aniqlangan. Ulardan jami 3 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.