Koronavirus uydirma(mi)?

“Mazkur “epidemiya” qaysidir sabablarga ko‘ra, kimgadir juda zarur. Nima sababdan va kimgaligi keyinroq ma’lum bo‘ladi”, deb fikr bildirdi Moskva shahar terapevtlar ilmiy jamoasi raisi, professor Pavel Vorobyov.

U “AiF” nashriga bergan intervyusida koronavirus haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: “Ishonchim komilki, hech qanaqa epidemiya yo‘q. Bu bor-yo‘g‘i ilgari o‘rganilmagan kasallikning mahalliy xuruji”. Professor so‘zlarining isboti sifatida quyidagi omillarni keltirdi: “Iokogama yonida sayyohlik layneri (yirik suv kemasi) ikki hafta karantinda turdi. U yerda kasallangan shaxs aniqlandi (shu sababli ham layner karantinga olindi va bandargohga kirishi taqiqlandi), virus aniqlangan odamdan ko‘plar koronavirus yuqtirdi. Aytishlaricha, 600 kishi atrofida. Ulardan bor-yo‘g‘i ikki nafar 80 yoshli yo‘lovchi vafot etdi. Ammo odamlar bu yoshda boshqa omillar sababli ham vafot etishlari mumkin. Axir biz vafot etganlarning virus yuqtirishdan oldingi salomatligi haqida ma’lumotga ega emasmiz-ku!?

Qolganlar kasallikni nisbatan oson yengdi. Ammo virus haqiqatdan ham tariflashayotganlaridagidek, o‘ta yuquvchan va hayot uchun xavfli bo‘lganida, yopiq sharoitda qolgan barcha inson bu vaqt ichida kasallanib vafot etishlari kerak edi. Mana, sizga epidemiya, pandemiya va hokazolar to‘g‘risidagi gap so‘zlarni inkor etuvchi yaqqol misol”.

Moskvalik professor, shuningdek, kasallanganlar virus (koronavirusligi aniq emas) ta’siri ostida rivojlanayotgan infarkt, insult, yurak kasalliklari, surunkali o‘pka kasalliklari oqibatida vafot etayotganlarini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, kasallanganlarda ko‘p hollarda og‘ir yuqumli pnevmoniya kuzatilgan. Bu esa o‘z navbatida, kasalxona ichki infeksiyasi tarqalishiga sabab bo‘lgan. Oqibatda ahvoli og‘ir bo‘lmagan bemorlar ham, og‘ir turdagi infeksiyalar bilan zaharlangan.

Internetda shu kunlarda yana bir xabar tarqaldi. Unga ko‘ra, Xitoyning Shenjen shahridan koronavirusni o‘rganish uchun Uxan shahriga o‘tkazilgan rossiyalik yosh shifokor uyiga qo‘ng‘iroq qilib, koronavirus xususida tushunchalar berdi: “Shamollaganingizda tumov va balg‘am ko‘chishi kuzatilsa, siz koronavirusga chalingan emassiz. Koronavirus pnevmoniyasiga chalinganlarda tumovsiz quruq yo‘tal kuzatiladi. Bu koronavirusni aniqlashning eng oson uslubi. Koronavirus issiqlikka chidamsiz bo‘lib, 26-27 darajada haroratda halok bo‘ladi. Shuning uchun ko‘proq issiq choy yoki suv iching. Ko‘proq quyosh nuri ostida bo‘ling”.

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.