Markaziy harbiy okrugda oziq-ovqat yarmarkasi ish boshladi
- 24.12.2019 20:43
- 182
- Jamiyat

Bugun, 24 dekabr kuni Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida harbiy xizmatchilar uchun oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.
Sifatli va arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasining Yangi yil bayrami arafasida tashkil etilishi harbiy shaharcha aholisi, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun ayni muddao bo‘ldi.
– Bu yerdagi narxlar hamyonbop, bozordan 15-20 foiz arzon, – deydi nafaqadagi harbiy Vladimir Oblaqulov. – Ushbu yarmarkani “Vatanparvar” mahallasi markazida o‘tkazilishi faxriylar uchun ham ancha qulaylik yaratdi. Buning uchun tadbir tashkilotchilariga harbiy xizmatchilar nomidan minnatdorchilik bildiraman.
Mazkur oziq-ovqat yarmarkasi 25-26 dekabr kunlari ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ichimlik suv tarmog‘i yangisiga almashtiriladi
- Kecha, 17:44
- Samarqand
“Dolzarb 90 kunlik” farzandlarimizga nima berdi?
- Kecha, 14:12
- Sport