Navro‘z Kembridj universitetida ham nishonlandi

Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi bilan birgalikda Kembrij universitetida Navro‘z bayrami tantanalari keng nishonladi va O‘zbekistondagi islohotlarga bag‘ishlangan brifing tashkil etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Bayram tadbirida Kembrij universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilar, talabalar, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari diplomatik korpusi vakillari hamda vatandoshlar ishtirok etidi.

Brifing davomida diplomatik vakolatxona xodimlari tomonidan O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohot mazmun mohiyati, hamda O‘zbekistonning mintaqaviy barqarorlik va farovon rivojlantirishni ta’minlashga qartilgan tashqi siyosati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Kembrij universitetining anjumanlar zalida tashkil etilgan bayram tadbirida ikki yuzdan ziyod mehmonlar ishtirok etdi. Kembrij universiteti talabalari va Markaziy Osiyo ijodiy jamoalari tomonidan folklor tomoshalar, shuningdek, milliy kuy va qo‘shiqlar namoyish etildi. Bundan tashqari, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari va sayyohlik salohiyati ko‘rgazmasi va milliy taomlar festivali o‘tkazildi.

Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi direktori Sidxart Saksena O‘zbekiston elchixonasiga universitetda Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga bosh-qosh bo‘lganligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Navro‘z bayramini Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan «bir oila» sifatida dunyoning barcha go‘shalarida nishonlanishi Yangi O‘zbekisonning eng muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi. «Qo‘shni davlatlarning umumiy tarixi, o‘xshash madaniyati va tillarini inobatga olgan holda, Navro‘z bayramini nishonlash ko‘p jihatdan birlashtiruvchi omil bo‘lib, mintaqaning xalqaro maydonda tan olinishini oshirishga xizmat qiladi», dedi u.