Nogironligi bor abituriyentlar uchun Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalariga qancha o‘rin ajratildi?

Respublika oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari belgilandi. Xususan, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga quyidagi miqdorda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun o‘rin ajratildi:

Samarqand davlat universitetiga – 46 o‘rin (34 kunduzgi, 6 sirtqi, 6 kechki);

Shuningdek, universitetning Kattaqo‘rg‘on filialiga – 9 o‘rin (8 kunduzgi, 1 sirtqi);

Urgut filialiga – 8 o‘rin (kunduzgi);

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga – 41 o‘rin (29 kunduzgi, 12 kechki);

Samarqand davlat chet tillar institutiga – 59 o‘rin (40 kunduzgi, 19 kechki);

Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga – 46 o‘rin (20 kunduzgi, 13 sirtqi, 13 kechki);

Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga – 37 o‘rin (28 kunduzgi, 9 sirtqi);

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga – 41 o‘rin (35 kunduzgi, 6 sirtqi);

Samarqand davlat tibbiyot universitetiga – 22 o‘rin (kunduzgi);

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga – 16 o‘rin (10 kunduzgi, 4 sirtqi, 2 masofaviy);

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga – 9 o‘rin (7 kunduzgi, 2 sirtqi);

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga – 11 o‘rin (8 kunduzgi, 3 sirtqi);

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialiga – 14 o‘rin (12 kunduzgi, 2 sirtqi).