Paxtachida Bobonazarovlar xonadoni eng ozoda oila deb topildi. Ushbu uyda 2,5 mingta kitob mavjud ekan
- 12.04.2019 17:05
- 193
- Samarqand

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan shu yilning mart-aprel oyida «Ozodalik va obodlik» aksiyasi doirasida xonadonlardagi, ta’lim muasssalaridagi orastalik ishlari mahallalardagi mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Joylarda obodlik, tozalikning inson hayotiga ta’siri, qizlar tarbiyasidagi o‘rni bo‘yicha suhbatlar, tanlovlar o‘tkazib borilmoqda. Paxtachi tumanida ushbu aksiya doirasida «Eng orasta xonadon» tanlovi ham o‘tkazilib, unda birinchilik Istiqlol mahallasida istiqomat qiluvchi Gulchehra Bobonazarova oilasiga nasib etdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu xonadon hakamlarni nafaqat orastaligi, balki kitobga boyligi bilan ham hayratga soldi. Ushbu xonadonda ikki yarim mingta kitobdan iborat shaxsiy kutubxona mavjud ekan.

O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qish, avtobus va insof
- 15 daqiqa avval
- Mutolaa
Ilmiy jihatdan imkonsiz, lekin haqiqatda mavjud joylar
- 24 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Iqlim o‘zgarishlari va uning yechimi yoshlar nigohida
- 41 daqiqa avval
- Samarqand
Samarqand shahrida «Yunesko bog‘i» tashkil etiladi
- 47 daqiqa avval
- Samarqand