Paxtachida qotillik. Xotin o‘z erini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, 2019 yil 27 yanvar kuni Paxtachi tumanida yashagan E.O‘. ismli erkak jasadi topildi. Jasadning yuzida jarohatlar borligi aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 26 yanvar soat 22.00 larda E.O‘.ning birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, uy bekasi U.O‘. uyida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan E.O‘.ning yuziga shisha idish bilan tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.