Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachidagi gavjum chorrahaga svetofor o‘rnatildi

Bugun Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamov tashabbusi bilan tuman markazi Ziyovuddin shaharchasining eng gavjum chorrahasiga yangi svetofor o‘rnatildi.

Bu tumandagi ikkinchi svetofor bo‘lib, yana bir chorrahada tartibsizlikka chek qo‘yiladigan bo‘ldi. Birinchisi bundan bir yil oldin shaharchadagi Mustaqillik va Bodoy ko‘chalari kesishmasida o‘rnatilgan edi.

Bugun o‘rnatilgan svetofor tuman dehqon bozori yaqinidagi Istiqlol va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada avtomobillar va piyodalar harakatini tartibga soladi.

Paxtachi tumani hokimligi axborot xizmati.