Payariqda aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi
- 09.08.2019 08:57
- 154
- Samarqand
Bugungi kunda mutlaqo yangicha ko‘rinish kasb etgan ushbu majmuaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Markazning yangi binosi zamonaviy ofis mebel jihozlari hamda kompyuter texnikalari bilan ta’minlandi. Barcha qulayliklarga ega ushbu markazda aholi uchun ham, markaz xodimlari uchun ham zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan.
110 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatuvchi mazkur markaz binosi qurilishini “U.Sh.Sabina” MChJ quruvchilari olib borib, qurilish-tiklash ishlari uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi.
Teglar:
Payariq