Putin Federal majlisdagi nutqida urushni davom ettirishini aytdi

Ikki yil ichida Federal majlisga birinchi murojaatini Prezident Vladimir Putin Ukraina bosqinining yilligidan bir necha kun oldin eshittirdi.

Davlat rahbari G‘arbni mojaroni qo‘zg‘atishda va keskinlashtirishda yana ayblab, “Moskva chin dildan tinch yo‘l bilan hal qilishga intilaganini” aytdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “maxsus harbiy operatsiya” (Kremlda Ukrainaga bostirib kirishni shunday atashadi)ni davom ettiradi. “Biz Ukraina xalqi bilan urushayotganimiz yo‘q, ular G‘arb xo‘jayinlar garoviga aylangan”, dedi Rossiya prezidenti.

Shuningdek, Putinga ko‘ra, Moskva strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha shartnomada "ishtirok etishni to‘xtatadi". U Rossiya yadroviy sinovlarni qayta boshlashi mumkinligini ham inkor etmadi. Lekin faqat AQSh ham xuddi shunday qadam tashlasa.

Vladimir Putin “cheksiz hukmronlikka intilayotgan” G‘arb bilan prinsipial, mafkuraviy qarama-qarshilik haqidagi tezislarini takrorladi.

Davlat rahbari halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va ko‘ngillilarning oilalariga har tomonlama yordam ko‘rsatishga chaqirdi, biroq rossiyalik qurbonlar soniga aniqlik kiritmadi.

Shu bilan birga, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, misli ko‘rilmagan sanksiyalarning Rossiya iqtisodiyotiga ta’siri o‘tgan bahorda kutilganidan ancha kamaydi: “Yil oxirida yalpi ichki mahsulot 2,1 foizga kamaydi, vaholanki, qulash bashorat qilingan edi. Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida, aksincha, misli ko‘rilmagan yuksalish kuzatilmoqda", dedi Putin.