Qonun bilan himoyalangan dunyodagi eng uzun to‘lqin
Tinch okeanining Peru shimoli-g‘arbiy qismidagi qirg‘og‘ida Puerto-Chikama kichik shaharchasi joylashgan. Bu joy uning qirg‘oqlarida hosil bo‘ladigan o‘zining dunyodagi eng uzun dengiz to‘lqinlari bilan ajralib turadi.
Uzun to‘lqinlar nimadan kelib chiqadi?
Bunday to‘lqinlarning paydo bo‘lishi Peru qirg‘oqlarini janubdan shimolga yuvib o‘tadigansovuq Peru oqimi, shuningdek, havo massalarining harakat yo‘nalishi va bu joydagi qirg‘oq chizig‘ining topografiyasi bilan bog‘liq.
Balandligi 2 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar tizib qo‘yilgandek ideal tarzda bir-biriga xalaqit bermasdan va deyarli hech qachon bog‘lanmasdan tepaga ko‘tariladi.
Tabiiy hodisani birinchi bo‘lib kim payqadi?
1965 yilda Gavayi syorfingchisi Chak Shipmansamolyotda suv ustidan uchib o‘tayotib, chap tomonidagi juda uzun to‘lqinni ko‘rdi. Shipman uyga qaytgach, Peru xaritalarini va mahalliy to‘lqinlarning shakllanishi xususiyatlarini o‘rganishni boshladi. O‘shandan beri Chikama syorfingchilarning sevimli joyi bo‘lib qolgan.
Chikama to‘lqini qonun bilan himoyalangan
Chikama to‘lqini Peru qonunlari bilan himoyalangan dunyodagi birinchi to‘lqin bo‘ldi. Bunday hayratlanarli hodisa sodir bo‘lgan joydan 1 kilometr masofada biror narsa qurish taqiqlangan. Bu to‘lqin shakllanishi uchun zararli deb hisoblanadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.