Samarqand davlat chet tillari institutiga rektor tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Xoliqov Bahodir Aliqulovich Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

B.Xoliqov 2011 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta ilmiy xodimi, O‘zbekiston milliy universiteti o‘qituvchisi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, universitet Kengashi kotibi, dekan o‘rinbosari, kafedra mudiri, prorektor lavozimlarida ishlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Davlat tilini rivojlantirish departamentining O‘zbek tilini rivojlantirish va atamashunoslik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi bo‘lib ishlab kelgan.