Samarqand tumanida mustaqillik bayrami arafasida 5 ta ob’yekt foydalanishga topshirildi
- 28.08.2019 18:49
- 95
- Jamiyat
Har yili mustaqillik bayrami arafasida yangi ob’yektlarning foydalanishga topshirilishi an’anaga aylangan.

Samarqand tumanida 5 ta ijtimoiy soha muassasalari aholiga bayram kunlari tuhfa etildi. Jumladan, Gulobod mahallasida qishloq oilaviy poliklinikasi investitsiya dasturi doirasida kapital ta’mirlandi. Ushbu maskan hududdagi 6 ta mahalla ahliga tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi. Shuningdek, Oqmachit mahallasida joylashgan 21-umumta’lim maktabi, 125 o‘rinli 3-maktabgacha ta’lim muassasasi, O‘rta Turkman mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim muassasasi hamda Parrandachilik mahallasi hududidagi 26-umumta’lim maktabi “Obod qishloq” dasturi doirasida joriy ta’mirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.
Teglar:
Samarqandtumani
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
“Hamshira - 2026” g‘oliblari aniqlandi
- Bugun, 11:39
- Salomatlik
Nobel mukofoti sohibi SamDU mehmoni bo‘ldi
- Bugun, 09:50
- Ta’lim