Samarqand veterinariya meditsinasi institutida gender tenglik mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi

Ayni kunda mamlakatimizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida tadbirlar o‘kazilmoqda. Samarqand veterinariya meditsinasi institutida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori Xudaynazar Yunusov jamiyatda ayollarning o‘rni va roli, mamlakatimizda gender tenglik masalalari va xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Viloyat adliya boshqarmasi xodimi Orif Muhammadiyev milliy qonunchiligimizda gender tenglik masalalari, shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, mayor Nargiza Baydullayeva xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari va ulardan himoyalanish holatlari xususida, shahar Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi maslahatchisi Gulbahor Husainova tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni himoya qilish ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan ma’ruza qildi.

Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javob oldi. 

SamVMI axborot xizmati.