Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi raisligiga Xo‘jaqul Muhammadiyev nomzodi tavsiya etildi
- 22.05.2024 10:50
- 351
- Samarqand
Xalq deputatlari viloyati Kengashining navbatdan tashqari to‘qson to‘qqizinchi sessiyasida Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasiga 21 nafar nomzod, jumladan, komissiya raisligiga Muhammadiyev Xo‘jaqul O‘tayevich tavsiya etildi.
Ma’lumot uchun, X.Muhammadiyev 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi bo‘lgan.
Saylov kodeksiga ko‘ra, hududiy saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovga kamida sakson kun qolganida hududiy saylov komissiyalarini komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning o‘n ikki — o‘n sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuzadi.