Samarqandda 4709 nafar fan o‘qituvchisi ikkinchi malaka toifasi uchun test topshiradi
- 06.10.2020 09:12
- 93
- Ta’lim
Joriy yilning 5 oktyabr kuni ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyat bo‘limi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida ikkinchi malaka toifali hamda mazkur malaka toifalariga talabgor pedagoglarning malaka (test) sinovlari boshlandi.
Malaka (test) sinovlari karantin qoidalariga amal qilingan holda Samarqand davlat universitetining ikkita sport zalida bo‘lib o‘tmoqda. Zallarga 200 ta kompyuter joylashtirilgan. Test sinovlarini shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida jarayonni maxsus nazoratchilar kuzatib bormoqda.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, mazkur test sinovlari 10 oktyabrgacha davom etadi va unda 4709 nafar fan o‘qituvchilari qatnashadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa