Samarqandda 62 kishi koronavirusga qarshi uyida davolanmoqda
Koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy idoralararo Samarqand viloyati shtabining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 19 iyul holatiga viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 110 nafar, Kattaqo‘rg‘on shahridagi reabilitatsiya markazida 14 nafar, Toyloqda 19 nafar, Samarqand tumanida 23 nafar, Paxtachida 14 nafar, Nurobodda 4 nafar, Past Darg‘omda 20 nafar, Payariqda 15 nafar, Qo‘shrabotda 11 nafar, Oqdaryoda 26 nafar, viloyat XOSPES markazida 90 nafar fuqaro umumiy karantin sharoitida saqlanmoqda.
Shu paytgacha viloyatda 734 nafar fuqaroda Covid-19 tashxisi rasman tasdiqlangan bo‘lib, ularning 110 nafari viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida, 62 nafari uy sharoitida davolanmoqda.
Bundan tashqari, 3507 nafar samarqandliklar uy sharoitida, 346 nafari mavjud maxsus karantin punktlari hamda davolash-profilaktika muassasalarida karantin holatida saqlanmoqda.