Samarqandda chet tili fani o‘qituvchilari ustama uchun test topshirdi
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi binosida viloyatdagi chet tili o‘qituvchilarining bazaviy oylik maoshlariga ustama belgilash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Test sinovlari 2020 yil 23-24 dekabr kunlariga rejalashtirilgan bo‘lib, 2 navbatda o‘tkaziladi. Bugun 1-navbatda 90 nafardan 83 nafar o‘qituvchi imtihonga qatnashdi. Ulardan 1 nafari telefondan foydalangani uchun test sinovida chetlatildi.
2-navbatda test sinovlariga 90 nafardan 86 nafar talabgor ishtirok etdi.
Test sinovlari bosqichma-bosqich bo‘lib, unda testni tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlarining har biridan kamida maksimal ballning 50 foizini (15 ball) yiqqan o‘qituvchilarning yozma ishi, yozish bo‘limidan kamida maksimal ballning 60 foizini (18 ball) yiqqanlarning gapirish ko‘nikmasi tekshiriladi. Gapirish ko‘nikmasidan kamida maksimal ballning 60 foizini (18 ball) yiqqan o‘qituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.
Har bir bo‘limda maksimal 30 ball olinishi kerak. Jami maksimal ball - 150 ballni tashkil etadi.
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limi.