Samarqandda yer solig‘i miqdori o‘zgaradimi?
Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari viloyat Kengashining ellik ikkinchi sessiyasida ushbu masala muhokama etilmoqda. Sessiyada, shuningdek, quyidagi masalalar ham ko‘rib chiqiladi:
- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 19 martdagi 184/26-VI-sonli qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan manzilli dasturdagi yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘lardan iqtisod qilingan mablag‘larni viloyatdagi ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlashga yo‘naltirish masalasi;
- Toyloq tumanining “Bog‘izog‘on”, “Olmazor”, “Qo‘shchinor” va “Talliota” mahalla fuqarolar yig‘inlarini, Narpay tumanining “Guliston”, “Dedan”, “Charxin” va “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inlarini hamda Jomboy tumanining “G‘azira”, “So‘xmon” mahalla fuqarolar yig‘inlarining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlash haqida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan maqsadli foydalanish to‘g‘risida;
- Urgut tumani hokimi B.Jabborovning Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-sonli Farmonining viloyatdagi ijrosi yuzasidan bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiya raisining o‘rinbosari – Milliy gvardiya Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i L.Yaxshilikovning komissiya faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-sonli Farmonining viloyatdagi ijrosi yuzasidan viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i A.Raimjonovning hisoboti haqida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining 83-bandi “Shahar va tumanlar markazlarini obodonlashtirish” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasi direktori S.Ziyadullayevning hisoboti ijrosi haqida;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi viloyat bo‘limi rahbari M.Soliyevning “Viloyatda 2021 yilda xorijiy tillarni ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yilda sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi hisoboti haqida.