SamVMI jamoasi Sardoba fojiasidan zarar ko‘rgan talabalar oilasiga ko‘maklashmoqda
- 08.05.2020 10:23
- 204
- Samarqand
Institutda tashkil etilgan xayriya aksiyasida oliygohning 400 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilari ixtiyoriy ravishda ishtirok etib, xalqimiz boshiga tushgan bu tashvishli kunlarda ular bilan bir tanu bir jon ekanliklarini, mashaqqatlarni birgalikda yengib o‘tish lozimligini shu yo‘sinda izhor qilishdi.
Samarqand veterinariya meditsinasi institutida 60 nafardan ziyod sirdaryolik talabalar tahsil oladi. Oliygoh yoshlar bilan ishlash bo‘limi mutasaddilarining sa’y–harakati bilan ular orasidan Sardoba fojiasidan zarar ko‘rgan talabalar uchun alohida hisob raqami ochildi. Bu hisob raqamiga ishchi-xodimlar, o‘qituvchilar va talabalar ham o‘z imkoniyatidan kelib chiqib mablag‘ o‘tkazishdi. Ayni kunda mazkur hisob raqamida yig‘ilgan mablag‘ ham o‘z egalariga yetkazilmoqda.
SamVMI axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 1 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa