Shukronalik – yutuqli strategiya
Amerikalik ma’ruzachi va biznes psixologiyasi bo‘yicha kitoblar muallifi Den Valdshmidtning so‘zlariga ko‘ra, har bir insonning o‘zidan kuchliroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir talay raqobatchilari bor, biroq u o‘z matonati, chidamliligi va ishlash qobiliyati tufayli ularni chetlab o‘tishi mumkin.
“Hayotda muvaffaqiyat qozonish va raqobatchilardan ustunlikka erishishga yordam beradigan ko‘plab usullar bor. Yana bir muhim strategiya, u ko‘pincha unutib qo‘yiladigan - shukronalik qilish qobiliyatidir.
Shukronalik hamma narsani o‘zgartiradi. U sizni o‘z sohangizdagi eng kuchli o‘yinchilardan biriga aylantiradi. Faqat bayramlar va yaxshi kunlar uchun shukr qilishning o‘zigina yetarli emas - strategiya ishlashi uchun siz maqsadli ravishda minnatdorchilik bildirishingiz kerak.”
Quyida muvaffaqiyatga erishishning eng yaxshi yo‘li - shukronalik bildirish ekanligining besh sababini keltiraman.
1. Shukronalik bildira boshlaganingizda, siz o‘zingizga kerakli odamlarni jalb qila boshlaysiz. Agar sizni yuqori qadrlaydigan, ajoyib mijozlarga ega bo‘lishni istasangiz, o‘zingiz ham shunday odamga aylanishingiz lozim. Hech kim o‘zini ko‘p narsadan xabardor deb o‘ylaydigan, manfur, doim nolib yuradigan va faqat o‘z muammolari haqida gapiradigan odamning yonida bo‘lishni yoqtirmaydi. Minnatdorchilik munosabatlarni o‘zgartiradi.
2. Shukronalik bildira boshlaganingizda, ijodga yanada moyilroq bo‘lasiz. Ongingiz ostida vaziyatingiz dahshatini saralab o‘tish o‘rniga, siz yomon yangiliklardan ham ijobiy narsalarni chiqarib olishni o‘rganasiz. Bu sizga boshqalar jur’at eta olmaydigan narsalarni sinab ko‘rish uchun kuch beradi. Yangiliklarni sinab boshlaganingizdanoq tez-tez g‘alaba qozona boshlaysiz. Bu yo‘lni aynan shukronalik ko‘rsatadi.
3. Shukronalik bildira boshlaganingizda, to‘g‘ri qarorlar qabul qila boshlaysiz. Noto‘g‘ri yo‘l tutganlarga achchiqlanmasdan, vujudingizni noxush his-tuyg‘ular boshqarishiga yo‘l qo‘ymaysiz, oqilona harakat qilasiz va qarorlaringiz o‘zingizga bumerang sifatida qaytib keladi. Shukronalik bu chuqur nafasdan zavq olish qobiliyatidir. U sizga bir zum orqaga qaytib, hayotni aniqroq ko‘rish imkonini beradi.
4. Shukronalik bildira boshlaganingizda, mablag‘laringiz oqilona sarflanadi. Siz ularni "bo‘lishi kerak bo‘lgan" (chunki siz o‘zingizni juda oz narsaga ega deb hisoblaysiz) hamma narsaga sovurib tashlamaysiz - kelajakdagi muvaffaqiyatlaringiz sarmoyasini kiritasiz. Siz “yo‘q” deyishga tayyor turasiz - va bu “yo‘q” kelajakdagi katta “ha”ga aylanadi. Minnatdorchilik pulga oqilona yondashishni o‘rgatadi.
5. Shukronalik bildira boshlaganingizda, boshqalarga qaraganda biroz omadliroq bo‘lasiz. Ehtimol, aslida siz atrofingizdagilardan ko‘ra baxtli odam emassiz, mabodo agar siz o‘zingizni shunday his qiladigan bo‘lsangiz, kim ham siz bilan bahslasha olardi?
Tasavvur qiling-a, har kuni ertalab uyg‘onib, o‘zingizni dunyodagi eng baxtli odamdek his qildingiz. Shunda kuningizni qanday davom etardingiz? Aminmanki, hozirgacha qilib yurgan ishlarni qaytarmagan bo‘lardingiz. Minnatdorchilik sizga ko‘p narsani boshdan boshlash imtiyozini beradi.
Superyulduz bo‘lishga yordam beradigan ko‘plab strategiyalar mavjud. Ba’zilari pul, kuch, vaqt talab qiladi, shukronalik esa fikrlashda o‘zgarishni taqozo etadi. Har doim “nimaga shunday bo‘ldi” deb nolib yurish o‘rniga, shukronalik qilish maqbul, bu sizni yangi g‘alabalar sari yetaklashi aniq...
B.Muhammadiyeva tayyorladi.