Taniqli jurnalist Kerolayn Iden: Samarqandni ko‘rmasangiz, O‘zbekistonga bormagan hisoblanasiz
- 04.02.2019 13:54
- 75
- Xorij
Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Guardian” gazetasida taniqli jurnalist Kerolayn Idenning “O‘zbekistonga sayohat yo‘riqnomasi: oylik marshrut” maqolasi e’lon qilindi. Unda yurtimiz sayyohlik imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Jumladan maqolada Samarqand haqida shunday deyiladi:
- Buxoroning moviy gumbazlari, Qoraqalpog‘iston cho‘llari, Toshkentning betakror metropoliteni, Samarqandning tarixiy ko‘chalari — mana nima uchun O‘zbekiston sayyohlarni jalb qiladi?, - deb yozadi muallif. - Samarqandni ko‘rmasangiz, O‘zbekistonga bormagan hisoblanasiz. Tezyurar “Afrosiyob” poyezdi sizni ikki soatda u yerga yetkazadi. Samarqandning Registoniyu ulug‘vor masjid-madrasalari har qanday kishining e’tiborini tortadi.
Ingliz tilidan Anvar MIRZAYEV (“Xalq so‘zi”) tarjimasi.