Turkiyada dam oluvchilarga yangi cheklovlar joriy etildi

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan kasallanganlar sonining ortishi munosabati bilan mehmonxonalarda dam oluvchilarga yangi cheklovlar joriy qildi. Bu haqda mahalliy Hürriyet gazetasidan ma’lum bo‘ldi.

Nashrda ma’lumot berilishicha, Anqara gubernatori Vasip Shaxin yangi qaror qabul qildi, unga ko‘ra mehmonxonalarda ma’lum xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etilishi zarur. Mehmonxona hududida faoliyat yuritadigan restoran faqat yashab turgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunda ovqatni restorandan olib chiqish taqiqlanadi. Shuningdek, mehmonxonalarda 22:00 dan keyin bazm tadbirlari, shu jumladan, restoran va konsert zallarida jonli musiqali tantanalar ham taqiqlandi.

Turkiya hukumati dastlab 20 noyabrdan boshlab mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish bilan bog‘liq cheklovlarni joriy qilgan edi. Ularga binoan shaharlardagi barcha kafe va restoranlar soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Shunda ham ovqat faqat o‘zi bilan olib ketiladi, manzilga yoki mehmonxonaga yetkazib beriladi, xolos.