Turli mamlakatlardagi maktab an’analari

Dunyoning har bir mamlakatida o‘z maktab an’analari bor. Bugun turli mamlakatlarning qiziqarli maktab an’analari haqida gapirib beramiz.

Fransiya

Fransiyada bolalar 6 yoshdan boshlab maktabga borishadi. Maktabda bolalarga tushlik uchun 2 soat beriladi, chorshanba va yakshanba bolalar uchun dam olish kunlari, shanba kuni esa faqat yarim kun o‘qitiladi. O‘yin-kulgi uchun bolalarning vaqtlari yetarli. U yerdagi o‘quvchilar dunyodagi eng qisqa o‘quv yilidan xursand.

Germaniya

Germaniyalik birinchi sinf o‘quvchilari maktabning birinchi kunida sovg‘a olishlari aniq - ota-onalar yozda g‘amlab qo‘ygan shirinliklarini farzandlariga 1 sentyabrda berishadi. Birinchi sinf o‘quvchisi sovg‘a xaltachalarini faqat uyda, maktabdan keyin ochishi mumkin.

Hindiston

Hind maktablarida har kuni dars boshlanishidan oldin bolalarning maktab hovlisida milliy madhiya ijro etib, shundan keyin ibodat qilishlari an’ana sifatida qabul qilingan.

Hindiston bolalari dunyodagi eng yosh maktab o‘quvchilaridir: bog‘chalar yo‘qligi tufayli ular 3-4 yoshdan maktabga borib, o‘qishni boshlaydilar. Barcha o‘quvchilar bepul guruch va non, ichimliklardan esa o‘tlardan tayyorlanadigan choybilan ta’minlanadi.

Yaponiya

Yaponiyada dunyodagi eng uzun o‘quv yili - apreldan martgacha davom etadi. Shu bilan birga, bolalarga qisqa yozgi va qishki ta’tillar beriladi. Barcha o‘quvchilar o‘zi bilan birga origami qog‘ozi, shippak va o‘tlarni tozalash vositalarini olib yurishi shart.

Shimoliy Koreya

Shimoliy Koreyada o‘quvchilar birinchi sinfga 5 yoshida boradi. Maktablardagi formalar bir xil, o‘yin-kulgi deyarli yo‘q, bolalarga qo‘shimcha ravishda partiya siyosati ham o‘rgatiladi.

Janubiy Koreya

Maktab imtihonlari o‘tkaziladigan kunda Janubiy Koreyada davlatning butun hayoti bolalarning ushbu sinovlardan munosib o‘tishini ta’minlashga qaratiladi. E’tiborli kattalar ular kechikmasliklari uchun yo‘llarni to‘sib qo‘yishadi va hatto samolyotlar parvozlari taqiqlanadi. Imtihonlar arafasida odamlar bilan to‘lib-toshgan cherkovlarda ota-onalar farzandlari o‘z bilimini tasdiqlashlari uchun ibodat qilishadi.

Braziliya

Braziliyalik maktab o‘quvchilari ob-havo sharoiti tufayli o‘qishni fevral oyida boshlaydilar. Shu davrga kelib mamlakatda o‘quv qurollar narxi 500 foizga oshib ketadi, tejamkor ota-onalar esa farzandlari uchun kansyelyariya buyumlarini iyul oyidan boshlab jamg‘ara boshlashadi.

Shveysariya

Shveysariyada yozma imtihonlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganlar o‘quvchilarga nisbatan o‘ta xolislik bilan yondashiladi. Talaba og‘zaki javob berish huquqidan foydalanib, o‘jar mavzuni «siqish» huquqiga ega. Mabodo unga shu qulay ekan, hyech kimning e’tiroz bildirishga haqqi yo‘q.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.