Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 60-sessiyasi 25 mart kuni o‘tkaziladi
Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 2022 yil 19 martdagi "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmishinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi qarorida ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, viloyat Kengashining oltmishinchi sessiyasi 2022 yil 25 mart kuni soat 09:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyatda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
- viloyat prokurori J.Hotamovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-sonli qarorining ijrosi yuzasidan hisoboti;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Mamatovning viloyatda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi "O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5117-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha viloyatda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha viloyat xalq ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyevaning hisoboti;
- Past Darg‘om tumani sektor rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi hisoboti;
- mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan Urgut tumani turizm hududlari chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan maqsadli foydalanish to‘g‘risida;
- tashkiliy masalalar.