Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 60-sessiyasi boshlandi
Sessiyani Kengash raisi E.Turdimov olib boryapti.
Sessiyada Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi N.Umarov ishtirok etmoqda.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyatda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
- viloyat prokurori J.Hotamovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-sonli qarorining ijrosi yuzasidan hisoboti;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Mamatovning viloyatda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi "O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5117-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha viloyatda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha viloyat xalq ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyevaning hisoboti;
- Past Darg‘om tumani sektor rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi hisoboti;
- mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan Urgut tumani turizm hududlari chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan maqsadli foydalanish to‘g‘risida;
- tashkiliy masalalar.