Xayrli tong azizlar!
2 mart – O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) a’zo bo‘lgan kun
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) — yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 yilda tuzilgan BMTni barpo etish haqidagi qaror sobiq ittifoq, AQSh, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943 yilda, Ustavi esa San Fransisko konferensiyasida 1945 yilda qabul kilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan. 2000 yilda esa ularning soni 189 ga yetdi. BMTning doimiy ish o‘rni (shtab kvartirasi) — Nyu-York shahridir.
BMT Ustavida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huqukli bo‘lishi va o‘z takdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini ta’minlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
2000 yil 6-8 sentyabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida «Ming yillik sammiti» bo‘lib o‘tdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doir muammolar muhokama qilinib, yangi yuz yillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan kabul qilgan deklaratsiyada Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga bo‘linadi:
• Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti;
• Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti;
• Vasiylik va o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hududlar departamenti;
• Nazorat boshqarmasi;
• Xodimlar boshqarmasi;
• Bosh kotibning ma’muriy idorasi;
• Ijtimoiy axborot boshqarmasi;
• Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi;
• Umumiy xizmat boshqarmasi;
• BMTning Jeneva bo‘limi.
BMT sessiyasi yilda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT a’zolari ko‘pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan keyin ko‘p o‘tmay — 1992 yil 2 martda BMTga a’zo bo‘ldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993 yil 24 avgust). BMTda O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti — YuNESKOga ham a’zo bo‘ldi.
O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan a’zo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘ymoqda. BMTning teng huquqli a’zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat’iy amal qilmoqda.